Yo‘qolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun nima qilish kerak?
Yo‘qolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi. Yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etgan taqdirda esa belgilangan shakldagi so‘rovnomani elektron shaklda mustaqil to‘ldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, so‘rovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.
So‘rovnomaga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.