"Yoshlar uyi"dan kvartirani qanday olish mumkin?
– 2018 yilda yoshlar uchun qayerda uylar qurilmokda?
Nodira MAHMUDOVA,
Samarqand shahri.
– Viloyat hududida 2018 yil uchun shaharlar markazida 90 ta va qishloq joylarida 70 ta xonadonga mo‘ljallangan ko‘p qavatli hamda namunaviy loyihadagi "Yoshlar uyi" qurilishi belgilangan.
Hozirgi kunda "Yoshlar uyi" Samarqand shahri, Kattaqo‘rg‘on, Toyloq, Past Darg‘om, Urgut, Bulung‘ur hamda Ishtixon tumanlarida qurilmoqda.
***
– "Yoshlar uyi"dan kvartira olish tartibi qanday?
Dilshod YaXShIYeV,
Samarqand tumani.
– Kvartiralar ipoteka krediti asosida sotib olish huquqiga ega va turarjoy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj sifatida hisobda turgan hamda fan, san’at, adabiyot, sport va boshqa sohalarda yuksak natijalarga erishgan yosh oilalar (davlat mukofotlari, "O‘zbekiston belgisi" ko‘krak nishoni sohiblari, nufuzli xalqaro va respublika musobaqalari, tanlovlar va olimpiadalar sovrindorlari)ga beriladi.
***
– O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jinoyat yo‘liga kirib qolgan yoshlarga yordam berib kelmokda. Ushbu tashkilot adashgan yoshlarga ham kafil bo‘la oladimi?
Sanjar QOSIMOV,
Toyloq tumani.
– O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi o‘rtasida 2017 yil 5 dekabrda imzolangan memorandumga asosan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashiga murojaat qilgan 52 nafar yoshlarga respublika "Yosh huquqshunoslar" kengashi bilan kelishilgan holda yengillashtiruvchi jazo berilgan va kafillik asosida jazodan ozod qilingan.
Savollarga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat
kengashi raisi Abdulla ASLONOV javob berdi.