Yozgi oromgoh: Bu yil Samarqandda bolalarning dam olishlarini uzaytirish uchun 5-davra ham tashkil etiladi
Bu haqda Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamentining Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i Feruza Qilicheva ma’lum qildi.
- Viloyatda 2024 yilgi yoz mavsumida 16 ta statsionar oromgohlarda 9 610 nafar bolani dam oldirish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kungacha 6 685 nafari jalb etilgan, - deydi F.Qilicheva. - Oromgohlarda to‘rtinchi davra shu yilning 24 iyulidan boshlanadi. Shuningdek, bolalarning ta’tildagi vaqtini mazmunli o‘tishini ta’minlash maqsadida avgust oyida 12 kunlik beshinchi davrani ham tashkil etyapmiz.