Yurtimiz hududiga sovuq va nam havo oqimi kirib kelmoqda

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, 26-27 fevralda O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi rayonlari (Astraxan) ustida shakllangan nam va sovuq havo oqimlari kiradi.

26-27 fevralda O‘zbekiston bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ayrim joylarda yog‘inlar kuchli bo‘ladi.

Shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha, shiddat bilan esganda 23-28 metrgacha yetadi.

Havo harorati 26 fevralda kechasi 7-12 daraja, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi. Mamlakat shimolida kechasi va kunduzi 3-8 darajani tashkil qiladi.

27 fevralda respublika bo‘yicha havo haroratining kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliqqacha pasayishi kutilmoqda.