Zamonaviy Robinzon: Kolumbiya harbiy-dengiz kuchlari askarlari qayiqda 24 kun ochiq dengizda qolib ketgan erkakni topib oldi

Ma’lum bo‘lishicha Dominikan Respublikasi fuqarosi Elvis Fransua yelkanli qayiqda dengizga chiqanida uning qayig‘ini kuchli shamol dengiz ichkarisi tomon surib ketgan. Bu vaqtda uning bisotida jami bir shisha ketchup, sarimsoq kukuni va bulyon bo‘laklari bo‘lgan. Shu tarzda u 24 kunni ochiq dengizda o‘tkazgan va tirik qolgan.

“Men o‘zimdagi ketchup, bulon bo‘lagi va suvni aralashtirib, juda oz-ozdan taqsimlab ishlatdim. Oldimdan bir necha marta kemalar o‘tdi, afsuski ular meni ko‘rishmadi”, degan 47 yoshli qayiqchi.