Zarafshonbot’ga murojaat: Maktabga kuzatuv kameralari ota-onalar hisobidan o‘rnatiladimi?
Ishtixon tumani Xalqobod qishlog‘idagi 5-maktabning 1-sinf o‘quvchilaridan muassasaga kuzatuv kameralari o‘rnatish uchun 80 ming so‘mdan pul yig‘ishyapti.
O‘zim mavsumiy ishlarda mehnat qilib, ro‘zg‘or tebrataman. Uch nafar farzandim bor. Ikki nafari maktabga qatnaydi. Shundog‘am ularning yeb-ichishi, kiyim-kechagi kabi xarajatlariga pul topib berishga qiynalayotgan edim. Rosti, maktabda bunday xarajatlar ham borligini eshitib, imkonim yetmayotganidan farzandlarim oldida izza bo‘ldim.
Maktabimizning 1-sinfida to‘rtta guruhda 100 nafardan ziyod bola o‘qisa, yig‘ilgan pul 8 million so‘mdan oshib ketar ekan. Nahotki, mutasaddilar ota-onalar hisobidan maktablarga kamera o‘rnatsa?
Ijtimoiy tarmoqlarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “maktablarda turli bahonalar bilan o‘quvchilar va ota-onalardan pul yig‘ish mumkin emas”ligi haqidagi ogohlantirishlariga maktab mutasaddilari amal qilmas ekanda-a!?
Ravshan KARIMOV.