«Zarafshon»ning bugungi (2019 yil 28 noyabr, №150) sonida o‘qing

Bu yil viloyatda oilaviy ajrimlar kamaydimi? Ajrim yoqasiga kelib qolgan oila yarashtirilyaptimi? Bugungi kunda shar’iy nikoh asosida yashayotgan 3274 oiladan 3149 tasining nikohi rasmiylashtirilganini qanday baholash mumkin? Bu kabi savollarga viloyat hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Gavhar Alimovaning javoblari qanday bo‘ldi?

***

Samarqand shahridagi Amir Temur ko‘chasining ikki tarafi kovlangan, transport vositalari uchun yurishga noqulay ahvolga kelib qolgan. Ko‘chaning Bo‘stonsaroy ko‘chasi chorrahasidan «SamAVTO» qo‘shma korxonasigacha bo‘lgan qismida bir oydan buyon qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilyapti. Oqibatda transport harakatida noqulayliklar kelib chiqmoqda. Bu ishlar qachon yakuniga yetadi?

***

Ushbu sonda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda «Maktab hayoti» sahifalarini o‘qiysiz. Unda o‘qituvchi obro‘si, dars o‘tish mahorati, o‘zaro tajribalar, muallimlarning yutuq va muammolari, ularning yechimi va takliflar haqida maqolalar berilgan.