«Zarafshon»ning bugungi (2019 yil 3 dekabr, №152) sonida o‘qing
Bugungi kunda viloyatimizda faoliyat yuritayotgan 642 ta maktabgacha ta’lim tashkilotining 271 tasi tabiiy gazda, 371 tasi ko‘mir yoqilg‘isida isitiladi. Bog‘chalarga 3230 tonna ko‘mir yetkazib berilgan. Biroq muassasaning ko‘mir bilan ta’minlangani qishga tayyor, degani emas. Buni muxbirimiz Past Darg‘om tumanidagi ayrim maktabgacha ta’lim muassasalarida bo‘lganida guvoh bo‘ldi.
***
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) kengashlariga saylov bo‘yicha siyosiy partiyalar, deputatlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti davom etmoqda.
Xo‘sh, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, shuningdek, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan deputatlikka nomzodlarning, umuman, partiyaning saylovoldi dasturi qanday? Gazetamizning ushbu sonida mazkur partiyalarning g‘oya va maqsadlari, deputatlarning dasturlari haqida o‘qiysiz.
***
To‘yda shirakayf besh-oltita yigit avval davra qurib rosa «bit»larini to‘kishdi. So‘ng kuyov bolani yulqib o‘rtaga olib chiqib o‘ynagan bo‘lishdi. Bir to‘da yigit kuyovni havoga irg‘ita boshladi. Shunda kutilmagan voqea yuz berdi. Kuyov mast-alast do‘stlari qo‘lidan yerga kelib tushdi. Oqibatda kuyovning umurtqa pog‘onasi sinib, bir bokira qiz baxti zavol topdi…