«Zarafshon»ning bugungi (2020 yil 13 fevral, №19) sonida o‘qing

 “Zarafshon” gazetasining 2020 yil 18 yanvardagi 7-sonida “Farroshlar qancha maosh oladi?”, 1 fevraldagi 14-sonida «Noqonuniy qurilishlarga kim barham beradi?» sarlavhali maqolalar e’lon qilingan edi. Xo‘sh, ushbu maqolalarda ko‘tarilgan masala, muammo, takliflar yuzasidan viloyatdagi mas’ul idoralar rahbarlari o‘zlariga qanday xulosa oldi? Buni ularning javob xatlaridan bilishingiz mumkin.

***

O‘qituvchilarning ish haqi 2019 yil 1 yanvardan 1,5 baravar oshdi. Ushbu kasb maqomini oshirish yuzasidan ko‘rilgan choralar natijasida xalq ta’limi tizimiga 873 nafar erkak o‘qituvchi maktablarga qaytib, faoliyat yurita boshladi. Olis hududlardagi tumanlardagi maktablar pedagog kadrlarining mehnatini rag‘batlantirish shartlari belgilandi va natijada ularga 50 foizgacha qo‘shimcha oylik ustamalar belgilandi. Bu o‘z navbatida 128 nafar o‘qituvchiga bo‘lgan ehtiyojni qoplash imkoniyatini berdi.Viloyat xalq ta’limi tizimida shu va shunga o‘xshash bir qator ijobiy ko‘rsatkichlar, amalga oshirilayotgan ishlarni sanasangiz, sahifaga sig‘maydi. Ammo shunday bo‘lsa-da, nega tizimda muammolar ko‘p, ularni bartaraf etishda qanday ishlar olib borilmoqda?

***

Avtobus bekatida ikki yigit gaplashib turgan ekan. Ulardan biri Kiyev haqida gapirdi. Ikkinchisi eshita turib, Kiyev o‘zi qayerda ekanligini so‘radi. Meni taajjublantirgani, Kiyev haqida to‘lqinlanib gapirayotgan yigitning o‘zi ham bu to‘g‘risida ma’lumotga ega emas ekan.

- O‘g‘illarim, maktabda o‘qigansizlarmi? - deb so‘radim.

- Ha, 11-sinfni tugatganmiz, - dedi yigitlardan biri.

- Nahotki, maktabda Kiyev Ukrainaning poytaxti ekanligini tarix, geografiya fanlarida o‘tmagan bo‘lsangiz, - dedim kuyunchaklik bilan. – Hozir ayni o‘qib, o‘rganadigan vaqtingiz. O‘qing, keksaygach, keyin afsuslanasiz.

Yigitlar mulzam tortib yerga qaradi…