Ziyoratgohga «tunnel»dan kirasiz

Joriy yilning 11 iyunidan Samarqand shahridagi tarixiy obida va ziyoratgohlar o‘z faoliyatini boshladi.

Ayni paytda ushbu ob’yektlarning kirish qismi oldiga dezinfeksion tunnellar o‘rnatilgan. Majmuaga kirayotgan har bir kishining tana harorati o‘lchanmoqda, antiseptik vositalardan foydalanilyapti.

– Farzandlarimni Samarqand shahridagi qadimiy tarixiy obidalarga ziyoratga olib kelishni maqsad qilgandim, – deydi narpaylik Rabbim Tursunov. – Ammo pandemiya sabab kela olmadik. Mana, endi yo‘llar ochildi, karantin talablariga amal qilib Registon maydoni, Amir Temur maqbarasi, Shohi Zinda hamda Ruhobod majmualarini tomosha qildik.

Baxtiyor RUSTAMOV.