"Zulfiya"chi qiz bo‘lajak "Zulfiya"chilar bilan uchrashdi

Samarqand shahridagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi matematika, fizika fanlariga ixtisoslashtirilgan tayanch davlat umumta’lim maktab-internatida O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 107 yilligi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda 2012 yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan Muhayyo Axmadova bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Dastlab maktab-internat o‘quvchilari Zulfiya hayoti, ijodi haqida suhbat qildi, shoira she’rlaridan yod o‘qishdi.
So‘ngra ayni paytda Samarqand davlat universitetida talabalarga saboq berib kelayotgan Muhayyo Axmadova ilm yo‘lidagi izlanishlari, har bir qiz orzu qiladigan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanishi haqida o‘quvchilarga so‘zlab berdi.
Sh.Buxarov.