Haydovchilik guvohnomalarini olish huquqini beradigan shahodatnomalar ta’lim muassasalarida beriladi

Yangiliklardan yana biri, endilikda maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga yo‘l harakati xavfsizligi asoslarini o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Umumta’lim maktablarida yo‘l harakati xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda harakatlanish asoslarini o‘rgatuvchi dasturlarni o‘z ichiga olgan "Hayotiy faoliyat xavfsizligi" majburiy fani joriy etiladi. Bolalarga yo‘l harakati qoidalarini, shu jumladan, velosiped haydash ko‘nikmalarini va yo‘llardan o‘tish tartibi chet el tajribalari asosida o‘rgatib boriladi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlari tomonidan nur qaytaruvchi qurilmalar maktabgacha yoshdagi bolalar va ta’lim muassasalarining kichik sinf o‘quvchilari orasida bepul tarqatiladi.

Bundan tashqari, 18 yoshga to‘lgan, ta’lim olgan va imtihonni belgilangan tartibda muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga "A" va "V" toifasidagi haydovchilik guvohnomalarini olish huquqini beradigan shahodatnomalarni ta’lim muassasalarida berish yo‘nalishida ham ishlar olib boriladi. Umumta’lim maktablaridagi "Yo‘l harakati xavfsizligi" faniga doir o‘qitish uslubi bo‘yicha o‘quv kurslari shu sohaga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchilar uchun tashkil etiladi. Umumta’lim maktablari, kollej va litsey o‘quvchilari orasida "Yashil rang", "Yo‘l harakati qoidalari bilimdoni", "Eng namunaviy yo‘lovchi" kabi viktorinalar o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati huzurida Jamoatchilik kengashi vazifalari nimalardan iborat bo‘ladi?
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash Konsepsiyasida qanday muhim yangiliklar kutilmoqda?
Va boshqa ko‘plab savollarga javoblarni 14 iyunda nashrdan chiqqan “Zarafshon” gazetasida o‘qing!

G‘olib ABDUSALOMOV