"G‘alla-2025": 550 ming tonnadan ortiq hosil fermerlar ixtiyorida qoldi

Viloyatimiz g‘allakorlari shartnomaviy rejani bajardi.

Viloyatimiz g‘allakorlari joriy yil hosili uchun 94 230 gektar maydonda g‘alla parvarishlashdi.

4 ming 670 fermer xo‘jaligi tabiatning injiqliklari, suv tanqisligi, zararkunanda hasharotlar, iqlim qiyinchiliklariga qaramay o‘z oldilariga qo‘ygan 276,0 ming tonna shartnoma rejasini ortig‘i bilan (101 foiz) bajarishdi.

G‘allakorlarimiz bu yil jami 825 ming tonna g‘alla yetishtirgan bo‘lsa, 550 ming tonnadan ortiq hosil ularning ixtiyorida qoldi.

O‘rim-yig‘im ishlariga 255 ta kombayn jalb etildi va 25 ish kunida o‘rim ishlari yakunlandi. 300 dan ortiq fermer xo‘jaliklari gektariga 100 sentnerdan ortiq hosil yetishtirishga erishdi.

O‘tgan yili g‘allakorlarimiz gektaridan 87,2 sentnerdan hosil yig‘ishtirishgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich gektariga 87,6 sentnerni tashkil qilmoqda.

Ahror Toshnazarov.