Alisher Usmonov "Mehr-shafqat va salomatlik" fondiga 20 mln dollar o‘tkazdi

Rossiyada yashovchi o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashishga 20 million dollar mablag‘ o‘tkazdi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” xabar bermoqda.

Mazkur mablag‘ Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Mehr-shafqat va salomatlik” fondiga to‘laligicha o‘tkaziladi.

Ushbu xayriya Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi karantin uchun maxsus kasalxonani tibbiyot asbob-uskunlari bilan ta’minlashga yo‘naltirilishi ma’lum qilindi.