Dunyodagi eng ahmoqona qilingan o‘g‘riliklar

2016 yilda Buyuk Britaniyaning Skegness shahridaikki firibgar Benjamin Robinson va Daniyel Xatchinson o‘yin avtomatlarini talon-toroj qilib, jinoyat joyida selfi olishganidan so‘ng Bredford shahri sudida sudlandi.

Firibgarlarga olti oy shartli qamoq jazosi tayinlandi. Qizig‘i, ular o‘z ahmoqligi tufayli adolat qo‘liga tushib qolgan dunyodagi birinchi yoki yagona firibgarlar bo‘lmagan ekan.

Ketdik. Hibsga tushamiz!

Qurollanib olgan qaroqchi Endryu Xenells Feysbukda qo‘lidagi pichoq surati va O‘g‘irlikka keldim. Tesco”ga!” degan oddiy xabarni joylashtirganidan so‘ng qo‘lga olindi. Shuning o‘zi politsiyachilar uchun yetarli bo‘ldi: roppa-rosa 15 daqiqadan so‘ng polisiya uni Norfolkgrafligidagi Tesco supermarketi kassasiyaqinida o‘g‘irlangan pichoq va 410 funt naqd pul bilan hibsga oldi.

Uyni kim yig‘ishtirib qo‘ydi?

2014 yilda ta’tildan uyga qaytgan Lankashirlik(Angliya) nafaqadagi er-xotin Pet Dayson va Martin Xoltbi yotoqxonada shirin uyquda bo‘lgano‘g‘riga to‘qnashib ketdi. Ularni hayratiga yaqinda Polshadan bu yerga ko‘chib o‘tgan Lukash Chojnovski ularning uyida nafaqat barcha idish-tovoqlarni, balki kir yuvish mashinasidagi kirlarni ham yuvibqo‘yib, supermarketdan “bozor” ham qilib qo‘ygan ekan.

Xonadon sohibasining tan olishicha, u va eri ketganida ularning uyi toza emas edi, lekin 28 yoshli o‘g‘ri bajonidil uyni tozlab qo‘yibdi. U bitta kostryulkani kuydirib qo‘yibdi, hechqisi yo‘q, bu hammada bo‘lib turadi”, degan edi Pet Dayson o‘shanda. Chojnovski o‘g‘irlikni tan oldi va ikki yil shartli qamoq jazosiga hukm qilindi.

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, Dirk ismli pingvin bo‘lgan ekan...

Avstraliyaga sayohatga kelgan ikki uyelslik fuqaro mast bo‘lib, akvaparkdan Dirk ismli pingvinni o‘g‘irlaganidan keyin sud zalida ayblanuvchi sifatida topildi.

Yigirma yoshli Riz Ouen Jons va Keri Myulz Kvinslenddagi Gold Coast istirohat bog‘iga bostirib kirib, delfinlar bilan suzishdi, o‘t o‘chirgich bilan akulalarni qo‘rqitdi va bechora Dirkni parkdan qochib ketishga undadi.

Ertasi kuni uyg‘ongach, ular xonaning o‘rtasida dahshatga tushgan qushni ko‘rdi, keyin pingvinniovqatlantirish va dushga tushirish uchun qo‘llaridan kelgancha harakat qilishdi”.

Ular Dirkni qo‘yib yuborish uchun kanal yoqasiga olib ketishgan edi, biroq ularni payqab qolgano‘tkinchilar polisiya chaqirdi. Sudya sayyohlarni 1 ming avstraliya dollari jarimaga hukm qilib,kamroq ichish”ni maslahat berdi.

Mashinani ham shunday olib qochadimi, galvars?

Pretoriyada (Janubiy Afrika) bir erkak avtomobil o‘g‘irlamoqchi bo‘ldi, lekin mashinaning avtomatik qulflash tizimi ishlab ketib, uichkarida qulflanib qoldi. “Star” gazetasining yozishicha, u bir yarim soat davomida issiqdamashina ichida o‘tirib, yordam so‘rab baqirgan, o‘tkinchilar esa kulib, polisiya kelishini kutib turgan. Yetib kelgan mashina egasi avtomobilidagi terlab-pishib o‘tirgan notanish odamni ko‘rib: “Mening mashinamda nima qilyapsiz?” deb so‘radi.

Polisiya uni so‘roq ham qilib o‘tirmadi. Jinoyatchi qo‘lga olinib, Pretoriya polisiya bo‘limiga olib ketildi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.