Sovg‘a

Sudanning Nil shtatidagi maktabda o‘qituvchilardan biri o‘quvchilardan imtihon olishga qaror qiladi. Eng yaxshi natija uchun yangi poyabzal sovg‘a etilishini aytadi.
Bolalar xursand bo‘lib, qunt bilan yozishni boshlashadi. Yarim soat ichida hamma o‘z ishlarini topshiradi va deyarli barchasi mukammal javob beradi. O‘qituvchi barchaga ajoyib natija uchun, sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildiradi... Lekin o‘qituvchi sovg‘ani kimga berishda o‘ylanib qoladi.
Shunday bo‘lsa-da, u munosib yechimni topadi... Hammasi chin bo‘lishi uchun u har kimdan o‘z ismini bir varaqqa yozib, uni buklab, bir quticha ichiga solishlarini va bu qutichadan o‘qituvchi bittasini olib, nomi chiqqan o‘quvchi haqiqiy g‘olibga aylanishini e’lon qiladi.
Darhaqiqat, o‘qituvchi qutichaning ichidan bir qog‘ozni chiqarib, o‘quvchining ismini o‘qiydi. "Vafaa Abdel Karim"... U mukofot sohibi.
Qiz Vafaa o‘qituvchi va barcha bolalarning qarsaklari ostida ko‘z yoshlari bilan oldinga qadam qo‘yadi.
U barchaga minnatdorlik bildiradi va o‘qituvchisidan o‘zi uchun juda zarur bo‘lgan ushbu ajoyib sovg‘ani qabul qilib oladi.
U eski poyabzal kiyishdan charchagan, ota-onasi esa juda kambag‘alligi sababli yangisini sotib olib berisholmagan.
O‘qituvchi mamnuniyat bilan uyiga qaytadi va bu voqeani u eriga yig‘lab aytib beradi.
Eri bunday voqeani xotinidan eshitganidan juda xursand edi, ammo ko‘z yoshlarining boisini tushunolmay xotinidan so‘raydi.
Qutini ochib qarasam, ne ko‘z bilan ko‘rayki, hamma uning ismini yozgan ekan. Har bir qog‘oz varag‘ida "Vafaa Abdul Karim" nomi bor edi. Barcha bolalar uning ahvolini payqashgan edi va bu qizning foydasiga o‘quvchilar sovg‘adan voz kechishdi...