Jomboy tumanida ham “Covid-19” virusiga tahlil topshirish imkoni yaratildi
- 15.08.2020 15:20
- 178
- COVID-19

“Orzu clinic” tibbiyot markazida koronavirus infeksiyasini aniqlash bo‘yicha test tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Klinikada 2 xil usulda test o‘tkazish imkoni mavjud.
– PSR (polimeraz zanjir reaksiyasi) asosidagi uslub. Bunda bemor organizmida infeksiya bor-yo‘qligini aniqlash uchun tomoqdan surtma olinadi. Infeksiyani organizmga tushgan kunidan boshlab aniqlash imkoni bor.
– IFA (Immunoferment analiz). Bunda organizmda koronavirusga qarshi antitanachalar hosil bo‘lishi aniqlanadi. Ushbu usul yordamida kasallik aynan qaysi bosqichda ekanligi va avvalroq xastalikka chalinib, tuzalganlik natijasida yuzaga kelgan immunitetni ham aniqlash mumkin.
Jomboy tuman hokimligi
axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Hech narsaga qaramay tirik qolish...
- Kecha, 22:20
- O'qing, qiziq!
“Ayollar daftari” - doimiy yordam mashinasi emas
- Kecha, 16:59
- Jamiyat
Kitob ko‘p, nega kitobxon kam?
- Kecha, 16:50
- Mutolaa
Ma’naviyat bir qadam oldinda bo‘lishi kerak
- Kecha, 16:35
- Madaniyat