Farg‘onalik Muhayyo opa Angliyadan kelin oldi (foto)
Hay hay o‘lan jon o‘lan,
O‘lanchi qiz yor yor...
Karnay surnay sadolari, to‘y tomoshalar bilan Farg‘ona viloyati Eshonguzar qishlog‘ida yashovchi Muhayyo opa kelin tushirdi. Kelin ham oydekkina, chiroylikkina ko‘rganlar havas qiladi. Kelinchak yaqindanmas naq Angliyadan O‘zbekistonga kelin bo‘ldi.
Muhayyo opaning o‘g‘illari Nurulloxon turmush o‘rtog‘i bilan chet elda tanishib, bir-birlarini sinab, muhabbat rishtalari ila oila qurishdi. Jena Angliyada tug‘ilib o‘sgan bo‘lsa-da, odob-ahloqli, hayoli, mehribon qiz bo‘lib chiqdi. Uning otasi Maykl va Kristina xonim o‘zbek yigitining oq ko‘ngil, bilimdon, mehribon ekanligini ko‘rib u bilan yaqindan tanishib, qizlari bilan turmush qurishiga rozi bo‘lishdi.
Yangi kelinchak o‘zbek urf odatlarini bir zumda o‘rganib oldi. Ko‘cha hovlilarni supurib, suv sepib, hammayoqni orasta qilib, milliy taomlarni ham tayyorlashni zukkolik bilan bajarayapti. Doimo samimiy tabassum bilan yurishi Muhayyo opani yanada quvontirdi. Muhayyo opa Angliyalik kelinini Jena emas, Jannatxon deb erkalab chaqiradi.
(Fotima O‘ktamovaning feysbuk sahifasidan olindi)