Katta Farg‘ona kanaliga tushib, qaytib chiqmagan o‘smir yuzasidan prokuratura bayonot berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Yozyovon tumanida o‘zini Katta Farg‘ona kanaliga tashlagan voyaga yetmagan Abdulaziz Abdurasulovni qidirilayotganligi haqida xabarlar tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, 2020 yil 22 dekabr kuni Yozyovon tumanida tug‘ilgan, 2-sonli kasb-hunar maktabi o‘quvchisi A.Abdurasulov voyaga yetmagan tanishlarini oldida Katta Farg‘ona kanalining Yozyovon tumani Taraqqiyot mahalla hududidan o‘tgan qismiga o‘zini tashlab, suvdan qaytib chiqmagan.
Farg‘ona viloyati prokuraturasi xabar berishicha, voyaga yetmagan Abdulaziz Abdurasulovni qidirib topish yuzasidan barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.