Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

2 martgacha Yerda kuchli magnit bo‘roni kuzatiladi

28 fevral ertalabdan Yerda kuchli magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin, deya ogohlantirmoqda tibbiyotchilar, deb xabar bermoqda vesti.uz Bu holat 2 martgacha davom etadi.

Mutaxassislarning aytishicha, bunday vaqtda odam o‘zini noxush his qilib, organizmda surunkali kasalliklar kuchayishi mumkin. Shubhasiz, bosh og‘rishi, uyqusizlik, bexollik, yurak qisishi kuzatiladi.

Magnit bo‘roni oralig‘ida, ya’ni 28 fevral va 1 martda odamlar bir-birlari bilan ziddiyatga borib qolishi mumkin, shuning uchun o‘zingizni bu kabi ko‘ngilsizliklardan saqlab turing.