Palovni kim ixtiro qilgan?

Palovning kelib chiqishi haqida ko‘plab rivoyatlar bor: Iskandar Zulqarnayn taom retseptini forslardan olib kelgani yoki palov buyuk Sohibqiron Amir Temurning iltimosiga ko‘ra dono mulla tomonidan ixtiro qilingani haqida aytib kelinadi. Yana bir rivoyatda aytilishicha, buyuk tabib Abu Ali ibn Sino Buxoro hukmdorining kasal o‘g‘lini davolashni o‘z zimmasiga olib, unga piyoz, sabzi, go‘sht, yog‘, tuz, suv va guruch (aslida esa Piyoz, Ayoz, Lahm, Olio, Vyet, Ob, Sholi)dan tayyorlangan to‘yimli ovqat tayyorlab yedirishni maslahat beradi.

Palov osh” – bu taomning har bir masalliqning birinchi harflaridan kelib chiqib hosil bo‘lgan nomlanishidir. Keyinchalik bu nom qisqartirilib, bizgacha “palov” sifatida yetib kelgan.

Musulmon dunyosida qancha shahar bo‘lsa, palovning shuncha turi bor, degan maqol bor. Darhaqiqat, bugungi kunda ko‘plab retseptlar ma’lum: Farg‘ona palovi, Toshkent palovi, Samarqandcha, Buxorocha, kuzgi, qishgi, bahorgi, yozgi palov, to‘y oshi, bayram palovi va boshqalar.

Palov yaratuvchilarining solnomasida Oshning u yoki bu turini kim va qachon yaratgani aniq ko‘rsatilgan. Milliy taomimiz bilan faxrlanishimiz bilan birga, oshning mavjudlik haqiqati uni Osiyo oshxonasining o‘ziga xos, noyob hodisasiga aylantirishga ulgurgan. O‘zbekistonda mehmon bo‘lib keladiganlar uchun bu yangilik emas – oshning mamlakatimizdagi obro‘si shunchalik kattaki, odamlar hatto o‘zining kunlik jadvalini uning tayyorlanish vaqtiga qarab tuzishadi!

Albatta, palov dastlab an’anaviy, xalq taomi bo‘lgan. Keyinchalik muayyan oshpazlar tomonidan uning ba’zi navlari yaratilib, turli usullari o‘ylab chiqildi. www.oshxona.uz milliy taomimiz palov yaratuvchi oshpazlar sulolasi tarixi haqidagi maqolani chop etdi.

Rasul Muhammedov (1855 - 1941)

Bu odam o‘ziga xos pazandachilik maktabini yaratishga muvaffaq bo‘ldi va bir necha - to‘y, Toshkent va mayizli palov turlari ixtirochisi hisoblanadi.

Egamberdi Rasulov (1893 — 1980)

Rasul Muhammedovning o‘g‘li otasining muvaffaqiyatli shogirdi va sulola davomchisi tom ma’noda asosiy taomi, albatta, palov bo‘lgan  o‘zining “menyu”si bilan boshqa mamlakatlarga gastrol qilish bilan mashhur bo‘ldi. O‘z davrida uni Leypsig, Moskva, Varshava, Tokio va Nyu-York restoranlariga osh pishirishga taklif qilishgan.

Rahmonberdi Rasulov (1901 - 1979)

Rasul Muhammedovning nabirasi yangi retseptlar ixtiro qilishga emas, palov tayyorlashning yangi usullariga ixtisoslashgan. U, birinchidan, taom tayyorlashdagi texnologiyalarining umumiy rivojlanishi, ikkinchidan, ma’lum retseptlarning o‘sha davr talabi va imkoniyatlariga qarab moslashtirilishini ta’minladi.

Xudoyberdi Rasulov (1907 - 1985)

https://static.zarnews.uz/uploads/3/720__x99fxzggPizO62BovrbTVT5Xp66HcA2Y.jpg

Rasulovlar sulolasining yana bir faol gastrolchi-oshpazi ham dunyoning ko‘plab mamlakatlaridagi restoranlarda ishlagan. Xususan, Amerika OAVlarining quyidagi satrlari unga bag‘ishlangan: “O‘zbek pazandachilik san’ati Egamberdi va Xudoyberdi oshpazlar tomonidan tayyorlangan palov tufayli e’tiborga loyiq.”

G‘ulomjon Solihov (1903-1968)

Solihov Ikkinchi jahon urushida frontlarda oshpazlik mahoratini oshirib xizmat qilgan. Keyinchalik u Toshkentdagi eng mashhur restoranlarda ishlab, faoliyatini davom ettirgan. Uning retseptlari hatto boshqa respublika restoranlarida qo‘llanilib, xo‘randalarni mamnun etgan.

Soy Dzyan Dzin (Nikolay Ivanovich) (1908 - 1980)

U Xitoyda tug‘ilgan va 1930 yilda Toshkentga Xitoy restoranlari ish tajribasini olib kelgan. Shuningdek, Nikolay Ivanovich turli xil Xitoy, Yevropa va, albatta, o‘zbek oshxonalari taomlarini tayyorlagan. O‘zining keng bilimi asosida retseptlar yaratib, Moskvadagi xalqaro tanlovlarda nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

Abdurahmon Azimov (1944)

Asli toshkentlik oshpaz Egamberdi Rasulovning shogirdlaridan biri. Uning asl kasbi kimyogar bo‘lib, milliy o‘zbek oshxonasiga o‘z tushunchalari bilan ijodiy yondashib, “Sulton palov” va “To‘y palov” tayyorlashning yangi usullarini yaratdi.

***

Ko‘rib turganimizdek, palov yaratuvchilarning yilnomasi cheksiz... Zamon o‘zgarmoqda, yangi texnologiyalar kirib kelmoqda, demak, palovning yangi qahramonlari yana qayerlardadir eski usullarni uyg‘unlashtirgan holda uning yangi turlarini yaratishga harakat qilmoqda. Demak, boy tarixiga qaramay, palovimizning kelajagi juda istiqbolli ko‘rinadi. Taomimiz yana uzoq asrlar o‘zbek oshxonasining markaziy elementi va mamlakatning pazandalik ramzi bo‘lib qolishiga ishonchimiz komil.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.