Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

2020 yilgi turizm mavsumi oldidan nimalarga e’tibor qaratilyapti?

Avvalo, Samarqand shahridagi tarixiy obida va ziyoratgohlar, ular atrofidagi savdo majmualarida viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda inson hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan o‘tkir tig‘li buyumlar savdosini tartibga solish yuzasidan profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Mahalliy va xorijiy sayyohlar ko‘plab tashrif buyuradigan turizm ob’yektlarida bemaqsad yurgan shaxslarni aniqlash, ularni tekshirish va shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish, ushbu joylarda aniqlangan qarovsiz va nazoratsiz yurgan bolalar va o‘smirlarni Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga hamda tilanchilik bilan shug‘ullanib yurgan fuqarolarni reabilitatsiya markaziga joylashtirish choralari ko‘rilmoqda.

Bundan tashqari, Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tomonidan 2020 yilgi turizm mavsumi oldidan viloyatimizdagi 14 ta tarixiy obida va ziyoratgohlar, 144 ta mahmonxona va 135 ta mehmon-uylar, 44 ta turfirma, 8 ta muzey va boshqa sayyohlar tashrif buyuruvchi ob’yektlarga mehmonlar uchun milliy qonunchilik normalari, turli xil hodisalar yuz berganda ularning harakatlanish tartibi va xavfsizlik choralari, boshqarmaning manzili va telefon raqamlari aks ettirilgan 36 mingta bukletlar va qo‘llanmalar tarqatildi.