Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

28 oktyabr - Xalqaro animatsiya kuni. Nega aynan bugun?

1892 yil 28 oktyabr kuni fransiyalik rassom va ixtirochi Emil Reyno Greven muzeyida yuqori martabali fransiya amaldorlariga ekranda harakatlanuvchi tasvirlarni ko‘rsatgan.

2002 yilda Xalqaro animatsion filmlar assotsiatsiyasi (The International Animated Film Association, ASIFA)ning Fransiyadagi bo‘linmasi tashabbusi bilan Emil Reyno ixtirosining birinchi ommaviy namoyishiga 110 yil to‘lgani munosabati bilan bugungi sana animatsiya bayrami sifatida ta’sis etilgan.