Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

53 yoshli o‘g‘il 84 yoshli otasini urib, tan jarohati yetkazdi

Buxoro shahridagi Alpomish ko‘chasida yashovchi, 1966 yilda tug‘ilgan Stanislav B.V. 2019 yil 3 sentyabr kuni uyida otasi - 1935 yilda tug‘ilgan Vladimir B.V. bilan o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilik oqibatida janjallashib, otasini urgan va unga o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati yetkazgan.

Buxoro viloyati IIB xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.