Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

64 yoshli ayolning bo‘ynidan tilla zanjirni uzib, voqea joyidan yashiringan shaxs qo‘lga olindi

Joriy yilning 19 aprel kuni Sergeli tumani IIO FMB navbatchilik xizmatiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, soat 11:00 atrofida Sergeli-2 massivida noma’lum shaxs 64 yoshli Yekaterina X.ning bo‘ynidan narxi 5 million so‘m bo‘lgan tilla zanjirni uzib, voqea joyidan yashiringan. 

Ushbu holat asosida Jinoyat kodeksining 166-moddasi birinchi qismi (talonchilik) bo‘yicha tuman IIO FMB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida jinoyat qidiruv xizmati xodimlari tomonidan gumonlanuvchi, 26 yoshli, muqaddam sudlangan Toshkent viloyatilik Rishat Sh. ekanligi aniqlangan. 

Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berishicha, u 21 aprel kuni qo‘lga olindi. O‘g‘irlangan taqinchoqni sotgan gumonlanuvchi Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi tanishining uyida yashirinib yurgan.