Samarqand xalqaro aeroportida 47,3 million so‘mlik tilla taqinchoqlarni olib o‘tayotgan fuqaro to‘xtatildi

Jismoniy shaxslar o‘z ehtiyojlari uchun 65 grammgacha zargarlik buyumlarini bojxona to‘lovlarisiz yurtimizga olib kirilishiga ruxsat etilganligiga qaramay, ushbu mahsulotlarni mamlakatimizga noqonuniy tarzda olib kirish holatlari uchramoqda.

Jumladan, “Istambul-Samarqand” yo‘nalishidagi aviareys bilan Samarqand xalqaro aeroportiga uchib kelgan fuqaro N.X.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortadi.

Natijada yo‘lovchi N.X. xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganda, kiyimlari orasiga yashirilgan, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan, jismoniy shaxslarning bojsiz olib kirish normasidan ortiqcha bo‘lgan, qiymati 47,3 million so‘mlik, og‘irligi 209,86 gramm kumush va 83,53 gramm zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Sud qaroriga ko‘ra, huquqbuzar N.X.ga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi hamda zargarlik buyumlari tegishli tartibda davlat foydasiga musodara qilindi.