19 yoshli yigit mahalladoshining uyidan 17 million so‘mlikdan ziyod tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlagan
- 14.04.2020 10:14
- 218
- Jinoyat va jazo
Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida oilali, 3 nafar farzandi bor, hozirgi kunda Xatirchi tumani Damariq MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro B.Z. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan.
Murojaatchi o‘z arizasida noma’lum shaxs uning yashash hovlisidagi derazasi orqali g‘ayriqonuniy ravishda kirib, mehmonxonasidagi temir seyfni ochib, umumiy qiymati 17 million 450 ming so‘m bo‘lgan tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan, deb xabar berdi Navoiy viloyati IIB axborot xizmati.
Tuman IIB xodimlarining olib borgan surishtiruv natijalariga ko‘ra, ushbu jinoyatni 2001 yil tumanning Damariq MFYda yashovchi X.R. sodir etganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan X.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jazo choralari qo‘llanildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Bugun, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Bugun, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Bugun, 16:05
- Mutolaa