Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

7 avgustdan boshlab Kattaqo‘rg‘on tumani aholisiga zamonaviy elektr hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari boshlanadi

2019 yil, 7 avgustdan boshlab “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida ham elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish ishlari boshlanadi. Shuni inobatga olib, elektr hisoblagichni almashtirish jarayonida xonadoningizda voyaga yetgan shaxsning ishtirokini ta’minlashingizni hamda imkon qadar oldindan mavjud hisoblagichingiz ko‘rsatkichini foto suratga olib qo‘yishingizni so‘raymiz.

Hozirda Samarqand shahar va Samarqand tumani, Zarafshon, Do‘stlik, Urgut va Past Darg‘om tumanlarida zamonaviy elektr hisoblagichlar o‘rnatilmoqda. 2020 yil yakuniga qadar viloyatning barcha tumanlarida zamonaviy elektr hisoblagichlar to‘liq o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

Alohida ta’kidlash kerakki, ushbu zamonaviy elektr hisoblagichlar iste’molchilarga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablag‘lari evaziga bepul o‘rnatib berilmoqda. Tahlillarga ko‘ra, har bir iste’molchiga o‘rnatilayotgan zamonaviy hisoblagich uchun jamiyat mablag‘lari hisobidan o‘rtacha 770 000 so‘m sarflanmoqda va bu har bir iste’molchining shuncha mablag‘ iqtisod qilayotganini ko‘rsatadi. Shunga ko‘ra, iste’molchilardan hisoblagichlarni almashtirishga to‘sqinlik qilmasliklaringizni balki, yordam berishingizni so‘raymiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” iste’molchilardan ushbu ishlarni amalga oshirishda pul talab qilinayotgan yoki manfaatlaringiz kamsitilayotgan bo‘lsa,  “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 71-233-01-28, 78-150-75-64 raqamlariga hamda Telegram’dagi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan muloqot” kanali orqali ma’lum qilishingizni so‘raydi.