Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

"Amir Temur tuzuklari"da belgilangan olti qoida

Bu qoidalar nafaqat jamiyatning oliy tabaqasiga, balki quyi idoralarga ham taalluqli bo‘lgan. Bunda fuqaro manfaati oldingi o‘ringa olib chiqilgan. El-yurt va xalq manfaati, inson huquqlarini himoya qiluvchi «Tuzuklar»ni tahlil etar ekanmiz, buning guvohi bo‘lamiz:

1. Kasbu hunar va ma’rifat ahllariga saltanat korxonalaridan yumush berilsin.
2. Bilagida kuchi bor faqir miskinlar esa ahvoli va kasbu koriga qarab ish tutsinlar.
3. Sarmoyasi qo‘lidan ketib qolgan savdogarga o‘z sarmoyasini qaytadan tiklab olishi uchun xazinadan yetarli miqdorda oltin berilsin.
4. Dehqonlar va raiyatdan qaysi birining dehqonchilik qilishiga qurbi yetmay qolgan bo‘lsa, unga ekin-tikin uchun zarur urug‘ va asboblar tayyorlab berilsin.
5. Agar fuqarodan birining uy-imorati buzilib, tuzatishga qurbi yetmasa, kerakli uskunalarini yetkazib berib, unga yordam berilsin.
6. Har bir toifa va har jamoadan kimki o‘z ixtiyori bilan sipohgarchilik xizmatiga kirishni istasa, uni askarlikka olsinlar.

Ziyodulla MUQIMOVning «Amir Temur tuzuklari» kitobidan.