Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Atambayevning rafiqasiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevning rafiqasi Raisaga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atiladi. U bu haqda bugun Bishkekda jurnalistlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

«Menga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilmoqda», - dedi u.

Shuningdek, u hech qachon siyosatga aralashmaganini qo‘shimcha qildi.

Atambayevaning so‘zlariga ko‘ra, u qaysi modda bo‘yicha ish ochilishini hozircha bilmaydi.