Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

AYoQShdan 30 millionga yaqin pulni o‘margan 21 yoshli yigit qamoqqa olindi

Joriy yilning 18 may kuni Karmana tumanida joylashgan MChJ rahbari 46 yoshli S.M. IIBga ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxs unga tegishli MChJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasining operator xonasiga ochiq qolgan eshik orqali kirib, xonadagi temir seyfdan 29 345 000 so‘m pulini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Karmana tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi  Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Navoiy shahrida yashovchi, MChJda operator yordamchisi bo‘lib ishlovchi 21 yoshli D.B. sodir etganligi aniqlanib, undan ashyoviy dalil sifatida 29.345.000 so‘m pullar rasmiylashtirilib olingan.

D.B. jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.