Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bektemir Meliqo‘ziyev «Tilla bola» bilan hamkorlik qiladi

Professional boksning super o‘rta (-76,2 kg.) vazn toifasida ringga chiqayotgan yurtdoshimiz Bektemir Meliqo‘ziyev (3-0, 3 KO) taniqli bokschi Oskar De La Xoyya rahbarlik qilayotgan AQShning mashhur “Golden Boy” promouterlik kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlik borasida shartnoma imzoladi.

- O‘zbekistonlik bokschi bilan hamkorlik qilayotganimizdan mamnunmiz, - deydi Oskar De La Xoyya. - Bek ajoyib bokschi, hali ko‘p profbokschilarga katta “muammo” tug‘diradi. U kuchli, chidamli, oyoq va qo‘l harakatlari ham juda tezkor. U reytingda juda tez ko‘tarilishni va 76,2 kilogramm vazndagi bokschilarga buni isbotlashini sabrsizlik bilan kutmoqdamiz.

- «World of Boxing” va “Golden Boy” kabi professional jamoalarga qo‘shilganim juda yoqimli, - deydi Bektemir Meliqo‘ziyev. – Ularning ko‘plab mashhur bokschilar bilan hamkorlik qilganini yaxshi bilaman. Ular o‘tkazgan janglarni ko‘rib qachondir AQShda xuddi ulardek janglar o‘tkazishni orzu qilardim. Endi bu imkoniyat menda bor va ulardan bor qobiliyatlarimni ishga solib foydalanaman.

Eslatib o‘tamiz, B.Meliqo‘ziyev dekabrda o‘zining ilk chempionlik kamari uchun ringga chiqadi. Unga fransiyalik sobiq jahon chempioni Hassan N’Dam N’Jikam (37-4, 21 KO) raqiblik qilishi kutilmoqda.