Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Besh kunda terminal olmasangiz, qo‘ng‘iroq qiling

Aholi bilan pullik hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyatini olib boruvchi tadbirkorlar diqqatiga!

Bank kartalaridan foydalangan holda hisob-kitob tizimini rivojlantirish borasidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, tadbirkorlik sub’yekti tijorat bankida hisobvarag‘ini ochgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida to‘lov terminalini ajratish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga yozma yoki elektron shaklda murojaat qilishi lozim.

Tijorat banki tadbirkorlik sub’yektidan murojaat tushgan kundan boshlab uch kun ichida terminal ajaratilishini ta’minlashi lozim.

Hurmatli tadbirkor! Agar sizda “Uzkard” va “Humo” to‘lov tizimlari terminallarini olishda muammolar yuzaga kelsa, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasining 66 231-03-10 (to‘lov tizimlari bo‘limi) telefon va 97 392-02-50 telegram raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi axborot xizmati.