Baliqxona egasi ogohlantirildi

Kecha, 13 noyabr kuni Zarnews.uz telegram kanalida “Soliqchilar baliq yemaydimi?” sarlavhasi bilan fuqaroning murojaati e’lon qilindi. Avvalo, tadbirkor faoliyat yuritayaptimi bank to‘lov terminali va nazorat kassa mashinasini o‘rnatishi shart.

Ushbu murojaat yuzasidan “Zolotaya ribka” umumiy ovqatlanish korxonasi rahbariga Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan rasmiy ogohlantirish berildi.

Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, tadbirkorlik sub’yektlarida sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazish uchun Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan tartibga asosan “Soliq hamkor” («Nalogoviy partner») axborot tizimiga ariza yuborib, vakolatli organlar bilan kelishilgan holda sayyor soliq tekshiruviga ruxsat beriladi.

“Soliq hamkor” («Nalogoviy partner») axborot tizimi yashirin iqtisodiyot omillarini aniqlashda fuqarolarni davlat soliq xizmati bilan samarali hamkorlik qilishga chorlaydi.

Kundalik hayotda duch kelishimiz va “Soliq hamkor”orqali xabar berish mumkin bo‘lgan holatlarga quyidagilar kiradi: to‘lov shakliga qarab, narxlarning asossiz oshirilishi, chek bermaslik, noqonuniy savdo yoki xizmatlar ko‘rsatish va boshqalar.

“Soliq hamkor” tizimi doirasida hamkorlik qilish ixtiyoriy. Bunda hamkorlik asosan masofaviy tarzdar amalga oshiriladi. Hamkor mazkur tizim orqali soliq to‘lovchi, soliq agenti yoki boshqa shaxsning Soliq kodeksida javobgarlik belgilangan harakati yoki harakatsizligi yuzasidan davlat soliq xizmati organini xabardor qiladi.

Bunda masalaga oydinlik kiritishi uchun soliq organlari xodimlarini kutish shart emas. Muhimi, taqdim etilgan ma’lumot aniq, to‘liq va ishonchli bo‘lishidir.

“Soliq hamkor” bir nechta yo‘nalishda masofaviy hamkorlikni taklif etadi:

“Soliq hamkori” – SOLIQ mobil ilovasi bo‘limi.

@soliq_hamkor_bot – telegram-boti;

my.soliq.uz  – elektron soliq xizmatlari portali;

Har bir fuqaro o‘z xabari holatini real vaqt rejimida kuzatib borishi mumkin.

Soliq tekshiruvlari “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiq Davlat soliq xizmati tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ta’kidlash kerakki, “Soliq hamkor” axborot tizimi orqali kelib tushgan xabarlar sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.

Agar “Soliq hamkor” tizimi orqali kelib tushgan murojaatni o‘rganish jarayonida soliqqa oid huquqbuzarlik tasdiqlansa, u holda qonunchilikka rioya qilmagan tadbirkorlik sub’yektlari bilan profilaktika ishlari olib boriladi va qonun hujjatlariga muvofiq ma’muriy choralar ko‘riladi. Ishbilarmonlarning onlayn nazorat-kassa texnikalaridan foydalanish bilan bog‘liq javobgarlik masalasi Prezidentimizning PF-6098-sonli farmoni (10-bandi)da belgilab berilgan.

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.