Deputat tashabbusi bilan maktab yo‘laklari asfalt qilindi
Samarqand tumani Navbog‘ mahallasi hududidagi 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 1978 yilda qurilgan bo‘lib, muassasada 736 nafar o‘quvchi ta’lim oladi. Maktab 2018 yilda kapital ta’mirdan chiqarilib, tom qismi, issiqlik va elektr tizimlari to‘liq yangilangan. Biroq hovlidagi yo‘laklar ta’mirlanmagani sabab o‘quvchilar uchun noqulayliklar tug‘dirmoqda.
Ushbu masala yuzasidan tuman hokimiga deputat so‘rovi kiritilib, xalq deputatlari viloyat Kengashiga O‘zLiDePdan saylangan deputat Mizrob Toshov muammo ishchi guruh bilan hamkorlikda o‘rganildi.
Deputat va tadbirkor Mizrob Toshov tomonidan asfalt olib berilib, maktab hovlisidagi yo‘laklar va kirish qismi to‘liq asfaltlashtirildi.
Maktab jamoasi hamda mahalla aholisi mazkur ezgu tashabbus va amaliy yordam uchun deputatga minnatdorlik bildirdilar.