Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Birinchi Prezident tavalludi oldidan kitob-albom nashr etildi

Joriy yilning 30 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludiga 82 yil to‘ladi.

Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi va Islom Karimov Fondi hamkorligida "Islom Karimov: ulkan tarixiy davrni mujassam etgan inson" deb nomlangan kitob-albom nashr etildi.

Mazkur kitob Birinchi Prezidentimizning shaxsiy fotografi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Farhod Qurbonboyev va fotorassom Temur Qurbonboyevning suratlari asosida yaratilgan.

Fotosuratlar o‘z mamlakatining tarixini o‘zgartirgan, odamlarni mustaqillikka olib kelgan va yangi davlat poydevorini yaratgan inson haqida hikoya qiladi.

Suratlar mustaqillikka erishish va mustahkamlash vaqti, Islom Karimov davrini aks ettiradi.

Fotosuratlarga izoh yoki ta’rif berilmaganiga qaramay, fotoalbom-kitob O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti nomi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan davrni aniq tasvirlaydi.

Karimov Fondi O‘zbekistonning tarixiy, madaniy va adabiy merosini targ‘ib qilishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi.

So‘nggi uch yil mobaynida Fond shafeligida 14 ta noshirlik loyihasi amalga oshirildi.