Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bog‘cha va o‘quv markazlariga hozircha ruxsat yo‘q

Respublika Maxsus komissiyasining joriy yil 8 maydagi ayrim hududlarda karantin choralarini yumshatish haqidagi qaroriga qaramay, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ta’lim muassasalari va o‘quv kurslari, shu jumladan, davlat, xususiy, oilaviy, davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatiga cheklov o‘z kuchida qoladi.

Ushbu cheklov choralarini uzaytirishdan maqsad — bolalar xavfsizligini ta’minlash va ularning salomatligini koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish xavfidan himoya qilishdir.

Infeksiya xavfi bartaraf bo‘lgach, ta’lim muassasalariga ham ruxsat beriladi va bu haqda qo‘shimcha xabar qilinadi.