Boshqirdiston Respublikasi o‘quvchi-talabalari yozgi ta’tilni Samarqanddagi oromgohlarda o‘tkazadi

Moskvada o‘tkazilayotgan Rossiya-O‘zbekiston yoshlari forumida Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov Boshqirdiston Yoshlar vaziri Ruslan Habibov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda 2020 yilgi forumni Ufa shahrida o‘tkazishga kelishib olindi. Shuningdek, yozgi ta’til paytida dam olish oromgohlarida o‘quvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, yoshlar turizmi masalalar yuzasidan takliflar bildirildi.