Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Boysundagi to‘yda katta janjal kelib chiqdi (video)

Surxondaryo viloyatining Boysun tumani hokimligining majlislar zalida tumandagi barcha tashkilot, korxonalar, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari hamda Darband mahallasi fuqarolari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Boysun tumanidagi to‘yda bo‘lgan janjal muhokama qilindi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020 yil 4 yanvar kuni Boysun tumani Darband mahallasida yashovchi fuqaro Jafar Qorjovov mahalla hududida joylashgan “Darband” to‘yxonasida bezorilik qilib, mahalladoshi Abulfayz Sa’diyev bilan o‘zaro tortishib, janjalashib qolgan. Janjal vaqtida J.Qorjovov A.Sa’diyevning orqa o‘ng tomon kuragining pastki qismiga bir marotaba yonida bo‘lgan pichoq (chopqi) bilan urib, tan jarohati yetkazgan. Oqibatda A.Sa’diyev tan jaroxati bilan Boysun tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Ushbu holat yuzasidan Jafar Qorjovovga nisbatan 2020 yil 5 yanvar kuni Boysun tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “ye” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilayotganligi haqida so‘z yuritildi.

Mazkur jinoyatning kelib chiqish sabablari hamda unga imkon bergan shart-sharoitlar tahlili bo‘yicha fikr yuritilib, unda mahalla faollari bilan hamkorlikda doimiy ravishda nizolashib kelayotgan oilalarni aniqlab, ularning ro‘yxatlarini shakllantirish, ishsizlar tomonidan qasddan yengil tan jarohati yetkazish jinoyatlari sodir etilishining oldini olish, ularning bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni jadallashtirishni, davlat organlari, korxona, tashkilot va boshqa muassasalarda mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlarining to‘liq ro‘yxatini shakllantirish, har hafta mahalla fuqarolar yig‘inlarida bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan mehnat yarmarkalari o‘tkazish choralarini ko‘rish, mehnat yarmarkalari orqali ishga joylashtirilgan shaxslarni haqiqatda ishlayotganligini, mehnat sharoitlari yaratilganligini va ishga kirishib ketganligini o‘rganib borish, ularning huquqiy muammolari hal etilishiga ko‘maklashish zarurligi ta’kidlandi.