To‘ylarimizga yarashmagan holat to‘y egasi va mahalladoshlar o‘rtasida muhokama qilindi
- 24.07.2024 17:46
- 490
- Samarqand
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda "Samarqanddagi to‘ylardan birida bo‘lgan ekan", degan sarlavha ostida "bir pachka dollar"ni sochgan bolakay aks ettirilgan video tarqaldi. Bu holat keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘ldi.
Samarqand shahrida yashovchi fuqaro o‘tkazgan to‘yda sodir bo‘lgan holat ushbu fuqaro, sektor rahbarlari, mahalla va jamoatchilik vakillari ishtirokida muhokama qilindi.
Aniqlanishicha, "sochilgan dollar" soxta bo‘lib, uni to‘y o‘tkazgan fuqaroning o‘g‘li do‘kondan xarid qilgan. Ammo muhokamada nafaqat pul sochish holati, balki yosh bolalarning to‘ydagi harakati tarbiya, axloq talablariga javob bermasligi, bu hol jamiyatda nosog‘lom muhitni keltirib chiqarishi aytildi. Bunday holat takrorlanmasligi uchun mahalla, to‘yxona va aholi o‘rtasida tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib borish zarurligi ta’kidlandi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda zamonaviy IT-park qurilishi boshlandi
- Kecha, 20:29
- Ta’lim
Ilmiy tadqiqotlar hayotga joriy etilyaptimi?
- Kecha, 17:18
- Salomatlik
Qudachilik va kibr
- Kecha, 17:02
- Mutolaa
Antibiotiklar foydalimi yoki zararli?
- Kecha, 16:38
- Ta’lim
Ekologiya: Bugungi beparvolik, ertangi fojia
- Kecha, 16:30
- Dolzarb