Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bugun tug‘ilgan kun

Taniqli jurnalist, publitsist, tarjimon va siyosiy arbob Anvar Jo‘raboyev hayot bo‘lganida bugun 72 yoshga to‘lardi.
A.Jo‘raboyev 1948 yil 22 mayda Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan. 1971 yilda Moskvadagi pedagogika universitetini bitirib, “Lenin yo‘li” (hozirgi “Zarafshon”) gazetasida muxbir sifatida ish boshlagan.

Keyinchalik “Jizzax haqiqati” gazetasida ishladi.
1992 yildan 1997 yilgacha «Xalq so‘zi» va «Narodnoye slovo» gazetalariga, 1998 yildan 2008 yilgacha «Markaziy Osiyo madaniyati» gazetasiga bosh muharrir bo‘ldi.

Butun umrini o‘zbek jurnalistikasi rivojiga bag‘ishlagan Anvar Jo‘raboyev intervyu qiroli sifatida nom qozongan edi. U Mixail Sholoxov, Chingiz Aytmatov, Gabriel Garsia Markes, O‘ljas Sulaymonov, Arkadiy Raykin, Ilya Glazunov kabi adabiyot va san’atning jahon taniydigan arboblari bilan suhbat uyushtirgandi.

A.Jo‘raboyev 2010 yilda vafot etgan.