Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bugun Belarusda prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi

Bu Belarus davlati tarixidagi oltinchi saylov. Shu vaqtgacha o‘tkazilgan 5 ta saylovning barchasida amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko g‘olib bo‘lgan.

Ko‘pchilik Belarus prezidentligi uchun o‘tadigan bu saylov o‘zgacha bo‘lishi, Lukashenko unda g‘olib chiqishi qiyin bo‘lishini aytmoqda. Buni vaqt ko‘rsatadi.

Saylovda 5 nafar nomzod ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ulardan ikki nafari ayol. Quyidagi nomzodlar Belarus prezidenti bo‘lish uchun kurash olib boradi:

Aleksandr Lukashenko - Belarus prezidenti. Mustaqil nomzod;

Sergey Cherechen - Belarus sotsial-demokratlar partiyasi rahbari;

Anna Kanopatskaya - Belarus vakillar palatasi 6-chaqiriq sobiq deputati. Mustaqil nomzod;

Andrey Dmitriyev - «Govori pravdu» birlashmasi tomonidan ilgari surilgan nomzod;

Svetlana Tixanovskaya - tarjimon. Mustaqil nomzod.

Ma’lumot o‘rnida: Belarusda prezident 5 yil muddatga saylanadi. Bugungi saylov natijasi 19 avgustdan kech bo‘lmagan vaqtda e’lon qilinishi kerak. Agar nomzodlar keragicha ovoz ololmasa, 23 avgust kuni saylovning ikkinchi bosqichi o‘tkaziladi.