Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bugun yurtimizda “Covid-19”dan 835 nafar bemor sog‘aydi

Bugun mamlakatimiz hududlarida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 835 nafari sog‘aydi.

Jumladan, bemorlarning 396 nafari Toshkent shahrida, 184 nafari Toshkent viloyatida, 98 nafari Buxoro viloyatida, 36 nafari Surxondaryo viloyatida, 32 nafari Andijon viloyatida, 30 nafari Samarqand viloyatida, 17 nafari Qashqadaryo viloyatida, 15 nafari Namangan viloyatida, 14 nafari Sirdaryo viloyatida, 5 nafari Navoiy viloyatida, 4 nafari Jizzax viloyatida va yana 4 nafari Farg‘ona viloyatida kasallikdan forig‘ bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha so‘nggi rekord natija kecha, 31 iyul kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda mamlakatimizning turli hududlarida 784 nafar bemor tuzalgandi.

Shunday qilib, yurtimizda 15 299 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 61 foizni tashkil qilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.