Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Deputat nogironlik aravachasi sovg‘a qildi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati O‘ktam Saidmurodov Navro‘z bayrami kunlari Jomboy tumanidagi mahallalarda bo‘lib, saylovchilar bilan uchrashdi.

Nogironligi bo‘lgan kishilar, bemor va qariyalar xonadoniga borib, ulardan hol so‘radi. Jumladan, Zarafshon mahallasida yashovchi II guruh nogironi Ravshan Jo‘raqulov bilan suhbat chog‘ida otaxon nogironlik aravachasi yo‘qligi sababli ko‘cha-ko‘yga chiqolmasligini aytgan edi. Deputat shu zahoti otaxonning bu o‘kinchiga yechim topishga harakat qildi. Ravshan akaga nogironlik aravachasi keltirib berildi.