Dilshod Musinov Payariq tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Tuman hokimligida xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining VI chaqiriq birinchi sessiyasi o‘tkazildi.
Sessiyada viloyat hokimi E.Turdimov tomonidan Payariq tumani hokimi lavozimiga taqdim etilgan nomzodni tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.
Deputatlar Musinov Dilshod Sultonovich nomzodini bir ovozdan qo‘llab-quvvatlab, Payariq tumani hokimi lavozimiga tasdiqlashdi.