Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Dunyoning eng mitti davlatlari

Sayyoramizning turli qit’alari bo‘ylab 252 taga yaqin davlat mavjud. Ayrim davlatlar yer sharining katta qismini egallagan. Misol uchun Rossiya Federatsiyasi Yevroosiyoning ikkidan bir qismida joylashgan. Biroq o‘lkan hududni egallagan davlatlar bilan bir qatorda, mitti mamlakatlar ham mavjud. Ularni dunyo xaritasidan izlab topish ham qiyinchilik tug‘diradi. Quyida dunyoning 10 ta eng mitti davlatlari ro‘yxatini taqdim etamiz.

1. Vatikan
Vatikan – maydoni bor yo‘g‘i 0.44 kvadrat kilometrni tashkil etadigan dunyodagi eng mitti davlat (solishtirish uchun: Samarqand shahrining umumiy maydoni 120 kvadrat kilometrga teng). Mamlakat aholisi 2019 yil holatiga 805 nafarni tashkil etadi. Vatikan – bu o‘z ramziy bayrog‘i, gerbi, pochtasi, temir yo‘li va o‘z hukumat tarkibiga ega mustaqil shahar-davlat. Hukumat tepasida barchaga ma’lum Rim Papasi turadi.

Ватикан

Ushbu mitti davlat Rim Papasining asosiy qarorgohi vazifasini bajaradi. Vatikan nomi, uzoq o‘tmishda Monte-Vatikano tepaligi nomiga qo‘yilgan (Vatikan o‘sha tepalikda joylashgan). Mitti davlat hududi o‘tmishda Italiyaga tegishli bo‘lgan. Biroq XIII asrda Fransiya qiroli Pipin ushbu hududni Stefan II ga hadya etdi. Shundan so‘ng Vatikan Italiyaga tegishliligi to‘g‘risida kelishmovchiliklar yuzaga keldi. 1929 yilda Vatikan va Italiya o‘rtasida bitim imzolandi va chegaralar belgilab olindi.

Davlatda ikkita davlat tili amal qiladi - lotin va italyan tillari.
Maydoni kichik bo‘lishiga qaramasdan, ushbu mamlakatda mashhur va diqqatga sazovor tarixiy yodgorliklar mavjud:
1. Avliyo Petr maydoni.
2. Rim Papasi qarorgohi vazifasini bajaruvchi Havoriy saroyi.
3. Pinakoteka. XVIII asrda asos solingan rassomchilik san’ati asarlari galereyasi.
4. Vatikan muzeyi.

2. Monako
Monako – mitti davlatlar reytingida ikkinchi o‘rinda turadi. Ushbu mitti-knyazlik yaqingacha bor yo‘g‘i 1.9 kvadrat kilometr maydonni egallagan edi. Biroq dengiz suvlarining quritilishi evaziga mamlakat maydoni 2.02 kvadrat kilometrga kengaydi. Mamlakat aholisi 2019 yil holatiga ko‘ra, 37550 kishini tashkil etadi.
Monako Italiya va Fransiya chegarasi kesishgan hududda joylashgan. Mamlakatning davlat tili deb, fransuz tili tan olingan.

U o‘ziga xos noyob davlat bo‘lib, juda kichik maydonli va sayyohlarning o‘lkan oqimiga ega dunyodagi yagona mamlakat. Ushbu mamlakat o‘zining afsonaviy kazinolari bilan mashhur Monte-Karlo shahri va Formula–1 poygalari o‘tkazilishi bilan olamga tanilgan. Bundan tashqari, mamlakat o‘zining tabiati va dam olish maskanlari bilan ham sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi.
Monako o‘zining nihoyatda past soliqlari va betakror bank tizimi bilan ajralib turadi. Shu sababli ham dunyoning ko‘plab badavlat insonlari o‘z mablag‘larini aynan shu mamlakat banklarida saqlaydilar.

3. Nauru
Nauru – Tinch Okeanidagi korall orolida joylashgan mitti davlat. Mamlakatning poytaxti yo‘q va uning maydoni 21.3 kvadrat kilometrga teng. Mamlakat aholisi 10500 kishi atrofida. Nauru o‘ziga yarasha jozibali mamlakat. Biroq u yerdagi turizm ichimlik suvi tanqisligi sababli rivojlanmagan.

Государство Науру на карте

Orolda 10500 ga yaqin aholi bo‘lib, ularning asosiy qismi Yaren shahrida istiqomat qiladi.
Nauru armiyaga va poytaxtga ega bo‘lmagan dunyodagi yagona mamlakat hisoblanadi.

4. Tuvalu
Tuvalu – maydoni 26 kvadrat kilometrga teng bo‘lgan, Tinch okeanining janubiy–g‘arbiy yo‘nalishida joylashgan davlat. Mamlakat 7 ta orolchalardan iborat bo‘lib, ularning 8 tasida hech kim yashamaydi. Aholiga ega yagona orol Funafuti, deb ataladi.
Ushbu mitti davlatning poytaxti Funafuti shahri. Orolda hammasi bo‘lib, 11000 kishi istiqomat qiladi. Mamlakat konstitutsion monarxiya boshqaruviga asoslangan. Reglamentga asosan davlat rahbari Buyuk Britaniya qirolichasi hisoblanadi.

Mamlakatning milliy valyutasi Avstraliya dollari hisoblanadi.
Tuvalu sayyohlar e’tiborini jalb etmaydi. Bu yerda tez-tez bo‘ron va to‘fonlar bo‘lib turadi. Yer osti boyliklarining yo‘qligi sababli ushbu mamlakat dunyoning eng kambag‘al davlatlari safiga kiradi.

5. San-Marino
San-Marino – Janubiy Yevropada joylashgan mitti davlat. Mamlakatning nomi III asrda uning asoschisi sharafiga qo‘yilgan. Davlat 61 kvadrat kilometr maydonga ega va unda 32 000 ga aqin aholi istiqomat qiladi. San-Marino rivojlangan va boy mamlakatlardan biri hisoblanadi. Mamlakat turizm biznesi tufayli rivojlangan.

San-Marino – bu Italiya ichida joylashgan mamlakat. Davlat teng huquqga ega ikki nafar kapitan tomonidan boshqariladi. Mamlakatda yiliga ikki marta davlat rahbarlari saylanadi. Kapitanlardan tashqari, yana 10 kishi hukumat a’zosi hisoblanadi. Mamlakatning milliy valyutasi – yevro.

6. Lixtenshteyn
Lixtenshteyn – maydoni 160 kvadrat kilometrga teng bo‘lgan, Markaziy Yevropada joylashgan knyazlik. Ushbu davlat Avstriya va Shveysariya bilan chegaradosh. Mamlakat poytaxti Vaduts shahri. Mamlakatda 33 000 aholi istiqomat qiladi. Knyazlikning rasmiy tili – nemis tili.
Davlatning milliy valyutasi Shveysar franki hisoblanadi.

Lixtenshteyn turizm sohasi juda rivojlangan mamlakat. U o‘zining tog‘-chang‘i dam olish maskanlari va boshqa ko‘plab diqqatga sazovor joylari bilan dunyo sayyohlarini o‘ziga jalb qiladi.

7. Marshal orollari
Marshal orollari – bu Mikroneziyada joylashgan mitti davlat bo‘lib, uning umumiy maydoni 181.3 kvadrat kilometrni tashkil etadi. Davlat poytaxti Madjuro shahri. Mamlakat aholisi 58461 kishidan iborat (2019 yil holatiga ko‘ra). Mamlakat 5 ta oroldan iborat bo‘lib, u yerdagi havo harorati yil davomida o‘rtacha 27 daraja issiq bo‘ladi.

Marshal orollarida mart va aprel oylarida ko‘zatiladigan to‘fon va bo‘ronlar tufayli ushbu davrda u yerga borish tavsiya etilmaydi. Mamlakat aholisi o‘zining mehmondo‘stligi bilan olamga tanilgan.
Mamlakat sayyohlar orasida juda ommabop bo‘lib, u yer professional dayverlarning (suv ostiga sho‘ng‘uvchilar) sevimli maskani hisoblanadi.

8. Sent-Kits va Nevis
Sent-Kits va Nevis – 261 kvadrat kilometr maydonga ega federativ davlat. Ushbu mamlakatda ikki yirik shahar mavjud: Baster va Charlstaun. Baster Sent-Kitsda joylashgan, Charlstaun bo‘lsa, Nevisda joylashgan.
Mamlakatning asosiy diqqatga sazovor maskani – bu Qizil dengiz va uning noodatiy rangdagi qirg‘oq qumlari.

Yuqorida qayd etilgan ikki orolda 52500 nafar aholi istiqomat qiladi. Mamlakat iqtisodiyotining asosini rivojlangan turizm sohasi tashkil etadi. Undan tashqari, bu yerda qishloq xo‘jaligi va bank biznesi ham yaxshi rivojlangan.

9. Kuk orollari

Kuk orollari - Tinch okeaning janubiy qismida joylashgan. Umumiy maydoni 230 kvadrat kilometr bo‘lib, 20 mingdan ortiq aholiga ega. Ko‘pchilik mitti davlatlar singari Kuk orollarining ham iqtisodiyoti asosini rivojlangan turizm tashkil etadi.

10. Maldiv orollari

Mashhurlarning eng sevimli dam olish maskani va Osiyodagi eng mitti davlat. Umumiy maydoni 300 kvadrat kilometrga yaqin bo‘lib, 512037 nafar aholi istiqomat qiladi. Mamlakat poytaxti – Male shahri. Ushbu mamlakatning iqtisodiyotini ham rivojlangan turizm tashkil etadi.

Bekzod MUSURMONOV tarjimasi.