Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Dunyoning eng qimmat binolari 10 taligi

Yer yuzida diqqatga sazovor binolar juda ham ko‘p. Ularning ichki va tashqi ko‘rinishi judayam hashamatli. Eng qimmat binolar ro‘yxati esa osmono‘par binolar bilangina cheklanib qolmaydi. Bu ro‘yxatdan hashamatli mehmonxonalar, turar joy majmualari, savdo binolari... va hokazolar joy olishi mumkin. Quyida dunyodagi eng qimmat o‘nta bino keltirilgan.

  1. Princess Tower, Dubay, BAA, $ 2.17 mlrd

         Dubaydagi 101 qavatli Malika Minorasi – 414 metrni tashkil qiladigan dunyodagi eng baland turar joy majmuasi. Shu bilan birga Dubaydagi balandligi bo‘yicha Bursh – Halifadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Ushbu turar joy osmono‘par majmua 2.170.000.000 AQSh dollari qiymatida baholangan. Binoning qurilishi 2006 yil boshlanib olti yil davom etgan. Malika Minorasi 763 dona yashash joyi, 8 dona chakana savdo joyi, 957 dona avtomobil turar joyi va 13 dona liftdan iborat.

  1. Orzular shahri, Makao, Xitoy, $ 2.40 mlrd

         Ommaga mashhur Uyqular shahri – Makaodagi mehmonxona – kazinosi mehmonlarga unutib bo‘lmas o‘yin tajribasini taqdim etadi. Ushbu bino Melco PBL mulki hisoblanadi. 37 qavatli mehmonxona – kazino tarkibida to‘rtta minora mavjud. Minoralarning ikkitasi Grand Hyatt va Macau deb nomlanadi yana ikkitasi Hard Rock va Crown Towers nomini olgan. Hashamatli binoning narxi 2.40 mlrd AQSh dollari qiymatida baholangan. Uyqular shahri rasman 2009 yil ochilgan. Bino tarkibiga restoranlar, qahvaxonalar, teatrlar, kazino va savdo markazlari kiradi. Suvda raqs tushayotgan teatr – Uyqular shahrining alohida diqqatga sazovor joyi hisoblanadi. Suvli va badiiy shoudan olgan taassurotni dunyoning boshqa hech qayeridan ololmaysiz. Ushbu ajoyib teatr o‘z ichiga 2000 tomoshabinni sig‘dira oladi. Teatrdagi hovuzga 3.4 mln gallon suv ketadi. Teatr 2010 yilda ochilgan.

  1. Venetian Macau, Makao, Xitoy, $ 2.40 mlrd

         Makao Venetsiyasi – bu 39 qavatli kazino ko‘ngil ochar maskani Xitoyning Makao shahrida joylashgan. U Amerika kazino kompaniyasi Las Vegas Sandsga tegishli. Binoning narxi 2.40 mlrd AQSh dollariga teng bo‘lib, rasman 2007 yil 28 avgustda ochilgan. Umumiy maydoni 98000 kv. metr bo‘lib, u dunyoning eng yirik kazinosi hisoblanadi. Shu bilan birga Makao Venetsiyasi Osiyoda eng maydoni katta kazinodir. Bu yerda 3000 dona lyuks xona, 149000 kv. metrli savdo maydoni, 111.000 kv. metr hududga ega dam olish maydoni 51000 kv. metrli mega kazino mavjud. Makao Venetsiyasida shuningdek 350 dona savdo do‘konlari va 30 dona restoran mavjud.

  1. Wynn Resort, Las – Vegas, AQSh, $ 2.70 mlrd

2.70 mlrd AQSh dollari narxida baholangan 45 qavatli Vinn mehmonxonalar ichida  kattaligi bo‘yicha oltinchi o‘rinni egallaydi. Mazkur mehmonxonaning maydoni 615 akr. U Nevadaning Wynn dam olish maskanlari korporatsiyasiga tegishli.  Vinn dam olish maskani 2716 dona xona, 223.000 kvadrat fut dam olish markazi, 76.000 kvadrat fut maydonli savdo rastalari va 111.000 fut maydonli kazinodan tashkil topgan. Dam olish maskani 260.000 kvadrat fut - uchrashuv joylari, 60.000 kvadrat fut cho‘milish maskanlari va to‘y cherkovlaridan tashkil topgan maydonda joylashgan.

  1. One World Trade Center, Nyu-York, AQSh, $ 3.80 mlrd

            Nyu-Yorkda joylashgan 104 qavatli balandligi 1451 fut (442 metr) bo‘lgan Butunjahon savdo markazi AQShda eng baland bino hisoblanadi. Ushbu osmono‘par bino shuningdek “Ozodlik Minbari” nomi bilan ham mashhur. U 11 sentyabrda terroristik hujum oqibatida vayron qilingan egizak binolar xotirasiga va ularning o‘rniga qurilgan. Ushbu ajoyib binoning qurilish ishlari 2006 yil 27 aprelda boshlanib 2013 yilda tugatilgan. Zamonaviy arxitektura namunasi mashhur arxitektor Devid Chaylds tomonidan loyihalashtirilgan. Butunjahon savdo markazi 71 qavat idora xonalari, 270000 kv. fut maydonli AQSh ma’muriyati bosh boshqarmasi, 190.000 kv. fut Conde Nast jurnali nashriyoti, 55.000 kv. fut savdo maydonlari va tomosha qilish maskanlaridan iborat. Binodagi 11 sentyabr xotirasi muzeyida voqea topilmalari, yangi Butunjahon savdo markazi haqida hikoyalar va videolavhalar havola etadi.

  1. Las – Vegasdagi Cosmopolitan, Las – Vegas, AQSh, $ 3.90 mlrd

         Kosmopoliten 52 qavatli jozibali kazino va dam olish maskanidir, u Nevada shtatining Las – Vegasida joylashgan. Ushbu 3.90 mlrd. AQSh dollarlik bino ikkita minorani eslatadi. U Germaniya banki tomonidan qurilgan. Bugungi kunda u 2014 yili Germaniya banki tomonidan 1.730.000.000 dollarga sotilgan, Nyu-Yorkda tashkil qilingan Blackstone guruhiga tegishli. Ushbu hashamatli dam olish maskani 3000 dona xona, 110.000 kv. fut mega-kazino, 300.000 kv. fut savdo maydoni, 150.000 kv. fut majlislar markazi, 222.934 kv. fut jamoat maskani, 40.000 fut fitnes markazi va spa – salonlaridan tashkil topgan. Dunyoning eng qimmat binolari ichida beshinchi o‘rinni egallaydi.  

  1. Emirates Palace, Abu-Dabi, Birlashgan Arab Amirliklari, $ 3.90 mlrd

         3.90 mlrd. AQSh dollar bahosidagi yetti yulduzli mehmonxona -  dunyoda qurilgan eng qimmat mehmonxonalar ichida ikkinchi o‘rinni egallaydi. Mazkur hashamatli mehmonxona BAAning Abu-Dabi shahrida joylashgan. Mehmonxona Abu-Dabi hukumatining shaxsiy mulki hisoblanadi. Shuningdek, hukumatning mehmonlarni kutib olish rasmiy saroyi vazifasini bajaradi. Uning loyihasi Britaniyalik arxitektor Jon Elliot tomonidan tuzilgan. Mazkur hashamatli mehmonxona rasmiy 2005 yil ochilgan. Hashamatli mehmondo‘stlikdan tashqari mehmonxonada 85 gektar betakror bog‘ va gazonlar mavjud. Mehmonxonaning umumiy maydoni 850.000 kvadrat metrni tashkil qiladi. U 302 dona xona, 92 dona lyuks xona, avtomobil turar joyi, yaxtalar uchun turar joy va 2500 dona vertolyot qo‘nish maydonlaridan iborat. Shuningdek hukumat a’zolari uchun eng yuqori qavatda oltita lyuks xona mavjud, u yer BAA qirollik oilasi uchun band qilingan. Mehmonxona shuningdek 60 metr balandlikda joylashgan 114 ta haybatli gumbazlardan iborat. Shaxsiy cho‘milish maskani 1.3 km.ni tashkil qiladi. Mehmonxona shuningdek hovuzlar, ajoyib spa-salonlar, tennis maydonlari va kriket o‘yini maydonlarini taklif qiladi.

  1. Resorts World Sentosa, Singapur, $ 4.93 mlrd

         Sentosa dam olish maskani – dunyoda qurilgan eng qimmat dam olish maskanlari ichida uchinchi o‘rinni egallaydi. Ushbu kazino-dam olish maskani qurilishining umumiy bahosi 4.93 mlrd AQSh dollarida baholanadi, u Malayziyaning Genting Group korporatsiyasi tomonidan qurilgan. Dam olish maskani 49 gektar hududda joylashgan. Sentosa dam olish maskanida 15000 kv. metr maydonni egallagan to‘rtta mehmonxona va kazino mavjud. Ushbu maskandagi dengiz bog‘i dunyodagi eng yirik okeanariumlardan biri hisoblanadi. U 8 gektar maydonni egallagan. Ushbu yirik okeanarium 100.000 dan ortiq dengiz jonivorlarining uyi vazifasini bajaradi. Maskanda shuningdek, Universal Studios kinokompaniyasining ko‘ngilochar maskani mavjud. U yerda diqqatga sazovor joylar juda ko‘p, masalan, Madagaskar, Transformer, Yo‘qolgan olam va Qadimiy Misr filmlarini ifodalaydigan ko‘ngilochar bog‘lar.

  1. Marina Bay Sands, Marina Bay, Singapur, $ 5.5 mlrd

         5.5 mlrd AQSh dollariga baholangan Marina Sends qurilgan dam olish maskanlari ichida dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Bu Singapurning eng diqqatga sazovor joylaridan biri hisoblanadi. Ushbu takrorlanmas bino 15.5 gektar maydonda joylashgan. Mazkur hashamatli binoda restoranlar, mehmonxona, ko‘rgazma markazlari, teatrlar, do‘konlar va ko‘ngilochar markazlar mavjud. U Nevada korporatsiyasi Las Vegas Sands tomonidan qurilgan. Dam olish maskani rasman 2010 yil 23 iyunda ochilgan. Dam olish maskanida uchta 55 qavatli bino va birlashgan Fazo Qumlari mavjud. Yerdan 200 metr balandlikda joylashgan ko‘ngilochar maskan butun Singapurni tomosha qilishga imkoniyat yaratib beradi. Shuningdek, u yerda 150 metrli hovuz mavjud – yerdan balandlikda qurilgan dunyodagi eng uzun suzish hovuzi. Bu yerda 2561 dona xona va lyuks xonalar mavjud. Katta majlislar – markazi 1.200.000 kv. metr maydonni egallagan. U yerda bir vaqtning o‘zida 45.000 ta odam sig‘ishi mumkin. Dam olish maskanining 15.000 kv. metr hududida 1500 dona o‘yin avtomatlari, 35 dona o‘yin xonalari va 600 o‘yin stollari joylashtirilgan. Dam olish maskanining ikkita teatri – Katta teatr va qumlar teatri 2155 va 1680 ta odamni sig‘dira oladi. Bu yerda 300 do‘kon mavjud.   

  1. Abraj al – Bayt, Makka, Saudiya Arabistoni, $ 15 mlrd

Dunyodagi eng qimmat bino. 120 qavatli Abraj al – Bayt dunyodagi eng qimmat bino hisoblanadi. Bino 15 mlrd. AQSh dollarida baholangan. U Saudiya Arabistonidagi muqaddas Makka shahrida joylashgan. Abraj al – Bayt dunyoning eng yirik va muqaddas al – Xaram masjidi yonida joylashgan. Mehmonxona 1.500.000 kv. metr hududni egallagan va o‘z ichiga 100.000 odamni sig‘dira oladi. Mehmonxona birinchi navbatda Makkaga haj safarini amalga oshirishga kelganlar e’tiborini o‘ziga jalb qiladi. Abraj al – Baytdan al – Xaram Masjidi saroyi ko‘rinib turadi. Ushbu muhtasham mehmonxona Saudiya Arabistoni hukumatiga tegishli. Mehmonxona rasman 2012 yil ochilgan. Mazkur muhtasham mehmonxonaning qurilishi 2004 yil boshlangan va 8 yil davom etgan. 601 metr balandlikka ega Abraj al – Bayt dunyodagi eng baland mehmonxona hisoblanadi. Shuningdek u eng baland inshootlar ichida dunyoda to‘rtinchi o‘rinni egallaydi.  Abraj al – Baytning asosiy diqqatga sazovor joyi - bu 43x43 m.li soat hisoblanadi. Bu dunyodagi eng baland va eng yirik soat. Mehmonxonada, shuningdek, oltita yashash minorasi, 3800 ta odam sig‘adigan masjid, majlislar xonasi, besh qavatli savdo markazi va ikkita vertolyot mavjud.

Bekzod Musurmonov tayyorladi.