Dunyoning eng xavfli 8 ta davlati

1.Suriya

Suriya 2018 yilda dunyoning eng xavfli davlati deb hisoblandi. Bir necha yildan beri ushbu mamlakatda tinimsiz qurg‘oqchilik kuzatilmoqda. Siyosiy tizimni o‘zgartirishni talab qilgan yirik ichki nizo 2011 yilda avj oldi. Bugungi kunga kelib sanoqsiz qurbonlar va vayronagarchiliklarga sabab bo‘layotgan  nizolar va urush davom etmoqda. 

2. Somali

Sharqiy Afrika qirg‘oqlarida suzib yuruvchi Somali qaroqchilari haqida eshitmagan odam bo‘lmasa kerak. Bugun so‘z bu hayot uchun xavfli davlatga kelishga jur’at etganlarning hayoti haqida boradi. Faktlarga qaraydigan bo‘lsak bunaqa davlat aslida mavjud emas, uning o‘rniga bu yerda bir biri bilan tinmay jang olib boradigan o‘n bitta hudud mavjud. Fuqarolar urushi, ekstremistik qarashlar bu yerda "kofir"larga qarshi shafqatsiz jinoyatlar sodir etilishiga sabab bo‘lmoqda. Ayollar ko‘chaga pichoq yoki xanjarsiz umuman chiqishmaydi, chunki Somalida ko‘chada ayollarning zo‘rlanishi ehtimoli juda yuqori. Agar siz Somaliga bormoqchi bo‘lsangiz eng yaxshisi birinchi bo‘lib o‘zingizga o‘sha yerni to‘dalaridan tashkil topgan tan soqchilar yollang.

3. Shimoliy Koreya

Shimoliy Koreya dunyoning eng totalitar davlati deb tan olingan. Oxirgi yetmish yildan beri davom etayotgan kommunizm o‘z ishini bajarib bo‘ldi va Shimoliy Koreyani turistlar uchun eng xavfli davlatga aylantirdi, uzoq vaqt mobaynida bu davlatga kirishni umuman iloji yo‘q edi. Bugungi kunda bu davlatga kelgan har bir turistning orqasidan kuzatuv o‘rnatiladi va uning har bir harakati maxsus xizmatga yetkazilib turiladi. Shimoliy Koreyani faqat ayrim hududlarini tomosha qilsa bo‘ladi, asosiy qismini tomosha qilish qat’iyan taqiqlangan. Siyosat haqida suhbatlar va kommunizm tuzumidan norozi ohangda gapirish yirik muddatli qamoq jazosi bilan jazolanadi. Tub aholini suratga olish umuman mumkin emas. Suratga olish - josuslar uchun qiynoq kamerasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma olish demakdir.

4. JAR (Janubiy Afrika Respublikasi)

JARda  jinoyatchilik darajasi juda yuqori. Uyushgan jinoiy guruhlar har lahza hujum qilib qolishi mumkin. Hatto mehmonxonalar atrofiga o‘ralib chiqilgan tikanakli simlar ham turistlarga yordam bermaydi. O‘rgatilgan maymunlar mehmonxona xonalariga kirib eng qimmat buyumlarni o‘g‘irlab chiqishadi. Biroq JARda eng xavfli jinoyat o‘g‘irlik emas. Ushbu mamlakat nomusga tajovuz qilish bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Jo‘nbushga kelgan OIV (VICh) infeksiyasi bu yerda kundan kunga ortib bormoqda. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra JARda har 83 soniyada nomusga tajovuz qilish sodir bo‘ladi.

5. Afg‘oniston

Afg‘onistonda hozirgi kungacha fuqarolar urushi davom etmoqda. Sobiq ittifoq askarlari Afg‘oniston hududidan chiqarilgandan so‘ng rasmiy hukumat va  Tolibon guruhi o‘rtasida murosasiz jang boshlanib ketdi.  Buning natijasida Afg‘oniston narkotik moddalar yetishtirish bo‘yicha eng yetakchi o‘rinni egalladi.

6. Iroq

Bu mamlakatda ham fuqarolar urushi bir necha yildan beri davom etmoqda.

7. Meksika

Meksikaga har yili yigirma milliondan ortiq turist tashrif buyuradi. Biroq hech kim Meksika jinoiy guruhlar tomonidan narkotik moddalarni keng tarqatilishi tufayli xavfli davlatlar ro‘yxatiga kiritilganligi haqida o‘ylamaydi. Meksikaning ko‘p hududlari jinoiy guruhlar tomonidan nazorat qilinadi, ular tez-tez o‘zaro otishmalar uyushtirishib turishadi. Bu holat tinch aholining yuzlab o‘limiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun bunday hududlarni aylanib o‘tgan ma’qulroq, aks holda sodir bo‘ladigan eng yaxshi narsa bu sizni tunab ketishadi, ko‘p hollarda esa o‘ldirib ketishlari hech gap emas. Ko‘pincha sayyohlar garovga tushib qoladi, undan keyin jinoiy guruh vakillari qarindoshlari aytilgan pulni to‘lamaguncha ularni chidab bo‘lmas sharoitda saqlashadi.

8. Janubiy Sudan

Shimoliy va Janubiy Sudan o‘rtasidagi ko‘p yillik urush bu yerni falokat yoqasiga olib kelib qo‘ydi. Toza suv, oziq-ovqat va yoqilg‘i yetishmovchiligi, qurg‘oqchilik, sog‘liqni saqlash tizimi umuman yo‘qligi va jang maydonlarining kengayishi tub aholini boshqa davlatlarga qochishga majbur qilmoqda.

Bekzod Musurmonov tarjimasi.