Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Dzerjinsk shahrida ro‘y bergan portlashdagi jabrlanganlar soni ortmoqda

Bir necha kun avval Rossiyaning Dzerjinsk shahridagi “Kristall” zavodi hududida yuz bergan bir nechta portlashlar oqibatida jabrlanganlar soni 89 kishiga yetdi, deb xabar qildi Yeuronews.com nashri.

Ayni vaqtda kasalxonaga joylangan yaradorlarning ayrimlari og‘ir ahvolda. Ularning barchasiga moliyaviy yordam ajratilgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, portlashlar trotil portlovchi moddasi ishlab chiqaruvchi sexda sodir bo‘lgan. Voqea oqibatida 3 km radiusdagi 200 ga yaqin uyning oynalari parchalangan. Hozirda shaharda favqulodda holat tartibi joriy etilgan. Hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.