Elmira Basitxanova boshchiligida qo‘mita jamoasi paxta dalalaridagi terimda ishtirok etdi

Dam olish kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Basitxanova boshchiligida qo‘mita jamoasi Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumani paxta dalalarida bo‘lib, terimda faol ishtirok etdi. Bu haqida qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Elmira Basitxanova hasharchi, terimchi ayollar bilan dildan suhbatlashdi, qishloq xo‘jaligi rivoji orqali xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirishda ularning ham munosib hissasi borligini alohida ta’kidladi. Samimiy va quvnoq tarzda kechgan muloqotda ayollar o‘zlarining dil izhorlarini bildirishdi, kelajak rejalari haqida o‘rtoqlashdilar, deyiladi xabarda.

Faol terimchi ayollar esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.